Loyihalar
O‘quv loyihalaridan real mahsulotlar va startuplargacha — har biri shunchaki link emas, balki muammo, yechim va uning ortidagi fikrlash jarayoni bilan yoritilgan.
Startup · tanlangan
Tashkent Metro — mobil ilova backend'i
Toshkent metrosi uchun mobil ilovaning to'liq backend'i: GeoDjango xaritalar, real-time ogohlantirishlar, push-bildirishnomalar. Play Market'da 100K+ yuklab olingan.
- Python
- Django
- DRF
- …
Startup
BogchaSaaS — bitta bog'chadan biznesga o'tmoqchi bo'lganim
Startup qurish orzusi menda anchadan bor edi. Bog'cha uchun boshqaruv tizimi g'oyasi kelganda, kerakmi-yo'qmi bilay deb bitta bog'chaga taklif qilib bordim — ma'qullashdi. O'sha bitta "ha" menga yetib ortdi: ko'p o'ylamay ishga kirishdim. Bitta bog'cha uchun boshlagan tizimim yo'l o'rtasida "hamma bog'chalar uchun" platformaga aylanib ketdi — birinchi xatoyim shu bo'ldi. Loyiha oxiriga bormadi, ammo menga eng ko'p narsa o'rgatdi. Endi uni boshidan quraman — shoshilib emas, o'ylab.
- Python
- Django
- DRF
- …
Real loyiha · tanlangan
Humo Logistics — logistika boti va AI tarif-kalkulyator
Xitoy–O'zbekiston logistika kompaniyasi uchun Telegram bot: mijoz kabineti, tarif va bojxona hisob-kitoblari, AI agent va avtomatik AI hisobotlar. 2026-iyundan kompaniyaning butun texnik xizmati menda.
- Python
- aiogram
- OpenAI API
- …
Real loyiha · tanlangan
Aladdin Bot — atraksion jihozlari katalogi
Atraksion jihozlari sotadigan kompaniya uchun Telegram-katalog: kategoriyalar, tovarlar va narxlar uch tilda. 2021-yildan beri uzluksiz ishlab turibdi — tovarlarni menejerlar veb-paneldan boshqaradi, bot kodiga tegilmaydi.
- Python
- aiogram
- REST API
- …
O‘quv loyiha
Doctolib — shifokorga yozilish API (FastAPI)
FastAPI'da shifokorga onlayn yozilish tizimi: JWT autentifikatsiya, bcrypt bilan parol hashlash, SQLModel va Alembic migratsiyalar.
- Python
- FastAPI
- SQLModel
- …
O‘quv loyiha
ToDo API — unit va integration testlar bilan
Django REST Framework'da ToDo API, unit va integration testlar bilan qoplangan — test intizomiga urg‘u.
- Python
- Django
- DRF
- …
O‘quv loyiha
Netflix-uslub REST API
Django REST Framework'da video-kontent API'si: JWT autentifikatsiya, avtomatik Swagger hujjatlari, filtrlash va CORS.
- Python
- Django
- DRF
- …