Men haqimda
Men Asadbek — Python backend muhandisiman. Django, DRF va FastAPI bilan API'lar, ma'lumotlar bazalari va fon jarayonlarini quraman. Cybersecurity men uchun alohida bosqich emas, balki har bir qatorni yozishda o‘ylaydigan o‘lchov: tizim shunchaki ishlashi emas — xavfsiz ishlashi kerak.
Bu yo‘lga o‘qituvchilikdan kirganman. Avval matematikadan abituriyentlarni imtihonlarga tayyorladim, keyin bu qiziqish dasturlashga ko‘chdi. Bir necha IT-akademiyada Python'ni noldan professional darajagacha o‘rgatdim — o‘quvchilarimning bir qismi kursni tugatmasidan Garant Bank, Agrobank va boshqa kompaniyalarga ishga joylashdi. Shu bilan birga Middle Python Developer sifatida real loyihalarda server qismi, API integratsiyalari va jamoani boshqarish tajribasini to‘pladim. O‘rgatish va qurish men uchun bir-birini kuchaytiradi: chuqur tushunmagan narsamni o‘rgata olmayman, o‘rgatgan narsam esa bilimimni mustahkamlaydi.
Hozir backend va cybersecurity bo‘yicha bilimlarimni bir joyga — mana shu saytga yig‘yapman: maqolalar, darsliklar, loyihalar, kelajakda esa kurslar va amaliy laboratoriyalar. Maqsadim — o‘zbek tilida sifatli backend va security kontenti yaratib, o‘rganmoqchi bo‘lganlarga izchil yo‘l ochish.
Tajriba
To‘liq resume-
2025-avgust — hozir
Mentor · Fintech Hub
Talabalarga Python backend yo‘nalishida mentorlik qilaman; 2026-yildan kiberxavfsizlik (Web pentesting) bo‘yicha ham dars beraman — real laboratoriyalar qurib, qo‘l bilan buzib ko‘rib himoya qilishni o‘rgatamiz. O‘quv bo‘limi rahbari bilan birgalikda o‘qitish metodikasini takomillashtirib, talabalarda texnik ko‘nikma bilan birga intizom va professional fikrlashni shakllantiraman.
-
2025-yanvar — 2025-oktabr
Mentor · PDP Academy
Universitet yoshidagi talabalarga Python'ni noldan professional darajagacha o‘rgatdim (OOP, Async, SQLAlchemy, Aiogram, Django/DRF, FastAPI). 4 nafar o‘quvchim kursni tugatmasdanoq Garant Bank, Agrobank va PDP ECMA'ga ishga joylashdi.
-
2024-oktabr — 2024-dekabr
Developer · RITM
Middle Python Developer sifatida qisqa muddatli loyihada tizimning server qismini ishlab chiqdim, ma'lumotlar bazalarini boshqardim va API integratsiyalari bilan shug‘ullandim.
-
2024-yanvar — 2024-sentabr
O‘qituvchi → rahbar o‘rinbosari · Fastech IT Academy
Python backend o‘qituvchisi sifatida boshlab, IT-akademiya rahbari o‘rinbosari darajasigacha ko‘tarildim; o‘quv jarayoni, marketing, SMM, call-markaz va ma'muriy bo‘limlarni boshqarib, akademiyani to‘laqonli IT ta'lim markaziga aylantirishda qatnashdim.
-
2023-yanvar — 2024-sentabr
Developer · Mars IT School
Middle Python Developer sifatida ishladim: hakatonlar tashkil etdim, tim-lid sifatida ishlab chiqish jarayonini boshqardim va yosh dasturchilarga backend, ma'lumotlar bazalari va API yaratish asoslarini o‘rgatdim. 2024-yilda asosiy ishim Fastech IT Academy'ga o‘tdi, Mars'da esa dars berishda davom etdim — shu sababli ikki davr ustma-ust ko‘rinadi.
-
2021-yanvar — 2021-iyul
Developer · Kash APP & UzbekVoice
Junior Python Developer sifatida ko‘ngilli asosda ishladim: Kash APP loyihasida dasturiy ta'minot sifatini tekshirish va xatolarni aniqlash bilan shug‘ullandim; UzbekVoice botini yaratishda qatnashib, jarayonlarni avtomatlashtirishga hissa qo‘shdim.
-
2017-yanvar — 2018-iyul
Mentor · Standford LC
Namangandagi o‘quv markazida abituriyentlarni matematikadan imtihonlarga tayyorladim — murakkab masalalarni tushuntirish va samarali o‘qitish bo‘yicha ilk pedagogik tajribam.
Nimalar ishlataman
To‘q fondagilari — har kuni ochiladiganlari.
Hozir
Fintech Hub'da Web pentesting'dan dars beryapman — o‘quvchilar bilan real amaliy laboratoriyalar quryapmiz. Bo‘sh vaqtda solijonov.uz'da o‘zbekcha kontent yozaman. · AppSec va penetration testing'ni chuqurlashtiryapman — darslarim uchun yangi lab-stendlar bilan birga.
Freelance va hamkorlik takliflariga ochiqman