Asosiy kontentga o‘tish
Solijonov Asadbek

Solijonov Asadbek

Python backend muhandisi. Web security bo‘yicha dars beraman.

Toshkent, O‘zbekiston

Tajriba

2025-avgust — hozir

Fintech Hub logotipi

Fintech Hub

Mentor

Talabalarga Python backend yo‘nalishida mentorlik qilaman; 2026-yildan kiberxavfsizlik (Web pentesting) bo‘yicha ham dars beraman — real laboratoriyalar qurib, qo‘l bilan buzib ko‘rib himoya qilishni o‘rgatamiz. O‘quv bo‘limi rahbari bilan birgalikda o‘qitish metodikasini takomillashtirib, talabalarda texnik ko‘nikma bilan birga intizom va professional fikrlashni shakllantiraman.

2025-yanvar — 2025-oktabr

PDP Academy logotipi

PDP Academy

Mentor

Universitet yoshidagi talabalarga Python'ni noldan professional darajagacha o‘rgatdim (OOP, Async, SQLAlchemy, Aiogram, Django/DRF, FastAPI). 4 nafar o‘quvchim kursni tugatmasdanoq Garant Bank, Agrobank va PDP ECMA'ga ishga joylashdi.

2024-oktabr — 2024-dekabr

RITM logotipi

RITM

Developer

Middle Python Developer sifatida qisqa muddatli loyihada tizimning server qismini ishlab chiqdim, ma'lumotlar bazalarini boshqardim va API integratsiyalari bilan shug‘ullandim.

2024-yanvar — 2024-sentabr

Fastech IT Academy logotipi

Fastech IT Academy

O‘qituvchi → rahbar o‘rinbosari

Python backend o‘qituvchisi sifatida boshlab, IT-akademiya rahbari o‘rinbosari darajasigacha ko‘tarildim; o‘quv jarayoni, marketing, SMM, call-markaz va ma'muriy bo‘limlarni boshqarib, akademiyani to‘laqonli IT ta'lim markaziga aylantirishda qatnashdim.

2023-yanvar — 2024-sentabr

Mars IT School logotipi

Mars IT School

Developer

Middle Python Developer sifatida ishladim: hakatonlar tashkil etdim, tim-lid sifatida ishlab chiqish jarayonini boshqardim va yosh dasturchilarga backend, ma'lumotlar bazalari va API yaratish asoslarini o‘rgatdim. 2024-yilda asosiy ishim Fastech IT Academy'ga o‘tdi, Mars'da esa dars berishda davom etdim — shu sababli ikki davr ustma-ust ko‘rinadi.

2021-yanvar — 2021-iyul

Kash APP & UzbekVoice logotipi

Kash APP & UzbekVoice

Developer

Junior Python Developer sifatida ko‘ngilli asosda ishladim: Kash APP loyihasida dasturiy ta'minot sifatini tekshirish va xatolarni aniqlash bilan shug‘ullandim; UzbekVoice botini yaratishda qatnashib, jarayonlarni avtomatlashtirishga hissa qo‘shdim.

2017-yanvar — 2018-iyul

Standford LC logotipi

Standford LC

Mentor

Namangandagi o‘quv markazida abituriyentlarni matematikadan imtihonlarga tayyorladim — murakkab masalalarni tushuntirish va samarali o‘qitish bo‘yicha ilk pedagogik tajribam.

Ko‘nikmalar

Backend

  • Sekinlashgan API: N+1 so‘rov, indeks, kesh
  • Yuklama ostida tiqilib qolmaydigan navbat va fon vazifalar
  • Eski mijozlarni buzmaydigan API versiyalash
  • Server qayta yuklansa ham o‘zi ko‘tariladigan xizmat
Python 3.14 (uv) Django 5 Django REST Framework PostgreSQL 17 Docker GitHub Actions pytest ruff

Security

  • Autentifikatsiya va sessiya oqimidagi teshiklar
  • OWASP Top 10 bo‘yicha kod tekshiruvi va tuzatish
  • Web ilovani qo‘l bilan pentest qilish
  • Threat modeling — loyiha boshida, oxirida emas
Burp Suite Professional Wireshark nmap

Ta'lim

2018-sentabr — 2022-iyul

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti logotipi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Bakalavr — dasturiy injiniring (muhandis-dasturchi)

Tillar