Founding / beta format · tayyor kurs emas
Production Backend Sprint
Django yoki DRF'da API yoza olasiz. Lekin kod noutbukdan chiqib, haqiqiy foydalanuvchi bilan uchrashganda nima bo‘lishini hali sinamagansiz — deploy, incident, sekinlashgan so‘rov, xavfsizlik teshigi. Shu tajribani tuzilgan tarzda o‘tkazish uchun kichik guruh bilan sinov formatini ochyapman.
Kim uchun
- —Django yoki DRF'da CRUD API yoza olasiz, lekin uni o‘zingiz deploy qilmagansiz
- —Ishda yoki o‘quv loyihasida backend yozasiz, lekin production/DevOps qismi boshqa birov(lar)ga tegishli bo‘lgan
- —«Menda ishlayapti-ku» darajasidan «real foydalanuvchi ostida ham ishonchli» darajasiga o‘tishni xohlaysiz
Kim uchun emas
- —Dasturlashni yoki Python/Django asoslarini hali o‘rganmagansiz — avval maqolalardan boshlang
- —Tayyor, to‘liq shakllangan kurikulum yoki sertifikat kutyapsiz — bu hali yo‘q, format birga shakllanadi
- —Faqat bepul material kifoya — Production Backend yo‘li sizga yetadi
Qanday muammolarni yechadi
- —Kod «ishlaydi», lekin production'ga tayyor ekanini qanday bilish kerakligi noaniq
- —Birinchi real incident kelganda qayerdan boshlashni bilmay qolish
- —Xavfsizlik va performance amaliyotini «vaqti kelganda o‘rganaman» deb doim keyinga surish
Transformation
A nuqta
Django/DRF'ni bilasiz, lekin deploy, incident va production amaliyoti sizga notanish yoki tarqoq bilim.
B nuqta
O‘z loyihangizni mustaqil deploy qila olasiz, asosiy incident'larni tizimli tashxis qilasiz va kodingizni
production'ning minimal talablariga (performance, xavfsizlik) mos qura olasiz.
Sprint oxirida nima qila olasiz
- —O‘z Django/DRF loyihangizni VPS'da mustaqil ishga tushirasiz
- —git push'dan production'gacha avtomatik CI/CD qurasiz
- —Production incident'ni tizimli tashxis qilish tartibini bilasiz (loglar, tarmoq, server)
- —Ilovangizni eng ko‘p uchraydigan performance tuzoqlaridan (N+1, noto‘g‘ri keshlash) himoya qilasiz
- —Kodingizni OWASP asosidagi minimal xavfsizlik nazoratidan o‘tkazasiz
- —Shularning barchasini nazariyada emas, o‘z (yoki sinov) loyihangizda amalda qo‘llaysiz
Nega mendan
- —Bu saytning o‘zi — Django backend, VPS deploy, CI/CD, security headers — mustaqil qurilgan va operatsion
- —Real production incident'larni (kesh xatosi, tarmoq uzilishi) kod bilan ochiq tahlil qilganman — bitta, ikkinchi misol
- —Metro API loyihasida backend, deploy va CI/CD to‘liq mening zimmamda bo‘lgan — Play Market'da 100K+ yuklab olingan ilova
- —Bir necha yildan beri Python backend bo‘yicha mentorlik qilaman — o‘quvchilarim orasida real ishga joylashganlar bor
Format — hali qat'iy emas
Bu tayyor, narxlangan kurs emas. Kichik guruh bilan sinov (founding/beta) formati — muddat, narx va aniq dastur hali shakllanmagan va qiziqqan odamlar bilan suhbat asosida aniqlanadi. Birinchi qatnashuvchilar formatning o‘zini shakllantirishga bevosita ta'sir qiladi.
Qiziqasizmi?
Hali ro‘yxatdan o‘tish yoki to‘lov yo‘q — shunchaki yozing, gaplashamiz: kimligingiz, qaysi qismi sizga eng og‘riqli va shu format sizga mos keladimi.